Sabo she’rlari

загруженноеONAJONIM

Jon qo’shadi jonimga,

Yo’q mehringiz adog’i.

Jonkuyarim, onajonim,

Yuragimning ardog’i!

 Sochingizda- oq tolalar,

“Bolam” degan oh nolalar.

Quvonchimiz, g’amimizdan,

Aks berib jilolanar!

Bir tikan qilsa yaro,

Betob bo’lib qolsak yo,

Bitta dardi bizda bo’lsa,

Ming qayg’usi sizdadir,

Ko’nglingizni ezadir…

 Qarog’ingiz topguncha shifo,

O’zingizni tabib sezasiz.

Ming azobga bo’lib mubtalo,

Cho’g’ ustida yurib kezasiz!

 Gar shodlansak bizlarda faxr,

Bolangizmiz biz sizning axr.

Onajonim bo’ling salomat,

Baxtimizni ko’ring toabad!